Toshkentda 19 yoshli yigit “Play Station” zalini “ship-shiydon” qilib ketdi
Jamiyat
−
27 may 2019 5181 1 daqiqa
Joriy yilning 20 may kuni Toshkent shahrida 19 yoshli yigit “Play Station” o‘yin zalini tunab ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
20 may kuni soat 2:00 da 19 yoshli M.I. 24 yoshli B.G.ga tegishli bo‘lgan “Play Station” o‘yin zaliga tom qismidagi teshik orqali kirgan. M.I. umumiy narxi 13 800 000 so‘mga teng bo‘lgan 6 ta “Play Station” o‘yin moslamasi, 12 ta pult, 2 ta mikrofon va 1 ta videokamera xardini o‘g‘irlagan.
Ko‘rilgan choralar natijasida M.I. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Live
Barchasi