Toshkentda 1,8 mln kv.metrdan ortiq yo‘l ta’mirlanadi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimining joriy yilning 19 fevralidagi qarori bilan Toshkent shahridagi markaziy va mahallalar hududidagi ichki ko‘chalarni joriy ta’mirlash manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtdagi 70 dan ortiq ko‘chada ta’mirlash ishlari joriy yilning dekabriga qadar bajariladi. Jami 1 844 688 kv.metr yo‘llar ta’mirlanadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘proq.

Hususan:

1. Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 35077 kv.metr;

2. Mahallalar hududidagi ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 872852 kv.metr;

3. Tuman prokurorlari sektorlarida aniqlangan ichki yo‘llardagi kamchiliklarni joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 417394 kv.metr;

4. Shahar aholisi va mahalla faollarining ariza va shikoyatlarini ijobiy xal qilish uchun tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi 519365 kv.metr maydon ta’mirlanadi.

Qayd etilishicha, shahar markaziy va ichki ko‘chalari ta’mirlanishi bilan bir qatorda ulardagi hududlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yo'l ta'mirlash

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing