Toshkentda 17 yoshli o‘smir YTH oqibatida halok bo‘ldi
3-sahifa
−
29 iyul 2023
6366Joriy yilning 27 iyul kuni poytaxtda 17 yoshli o‘smirni Malibu-2 mashinasi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 iyul kuni soat 23:15 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida 2002 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi Malibu-2 mashinasi bilan piyoda A.S.ni urib yuborgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2006 yilda tug‘ilgan A.S. yo‘lning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish qismidan kesib o‘tayotgan paytida mazkur hodisa sodir bo‘lgan. YTH oqibatida o‘smir olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi