Toshkentda 17 yoshli qiz ichki ishlar xodimi kiyimida axloqsiz harakat sodir etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil ichida ichki ishlar xodimi kiyimida tamaki chekib, behayo so‘zlarni ishlatayotgan qizning videosi tarqaldi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, mazkur huquqbuzarlik 2006 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi tomonidan sodir etilgan. Qizning ota-onasi bilan birgalikda profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Suhbat natijasida u o‘zi kiygan ichki ishlar organi xodimlarining formasini 20 yoshli tanishi Sh.M.dan olgani va tarmoqda tarqalgan video o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomobilida suratga olingani ma’lum bo‘lgan. Tekshiruv jarayonida qizning tanishi Sh.M. ichki ishlar xodimining maxsus libosini qonunga xilof ravishda saqlab kelgani aniqlangan.

Holat yuzasidan qizning onasi V.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  47-moddasi (Farzandlarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Shuningdek, Sh.M.dagi forma o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209 -1-moddasi (Vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarining kiyim-kechaklarini qonunga xilof ravishda kiyish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarimaga tortilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ichki ishlar xodimi kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIV xodimi libosi axloqsiz harakat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made