Toshkentda 17 yoshli “haydovchi” YTH sodir etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 22 aprel kuni soat 21:00 larda Toshkentning Sergeli tumanida Nexia va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Tumandan o‘tgan TXAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. (haydovchilik guvohnomasi olmagan) Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan.

Natijada, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

781

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing