Toshkentda 15 kishiga mavjud bo‘lmagan reysga aviachiptalar sotildi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 32 yoshli shaxs tomonidan 15 kishiga mavjud bo‘lmagan aviachiptalar sotilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil davomida firma rahbari bo‘lib ishlagan 32 yoshli O.T. 15 nafar fuqaroga jami 246 520 800 so‘mlik mavjud bo‘lmagan aviachiptalarni sotgan. U fuqarolardan olingan pullarni firmaning bank hisob raqamiga o‘tkazmay, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tadbirkorlarga aviachipta band qilishda yordam berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan edi. MCHJ rahbarlari tomonidan 50 nafar fuqaroni Umra safariga yuborish va’da qilinib, 10 000 AQSH dollari firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shayxontohur Firibgarlik aviachipta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing