Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi. Ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir

Jamiyat

image

Joriy yilning 4 iyun kuni Toshkent shahrida ovqatdan zaharlanish holati qayd etilib, unda 15 kishi zararlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi. Unda shunday deyiladi:

“Joriy yil 4 iyun kuni soat 17:00 dan bugun, 6 iyun soat 12:00 ga qadar  Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 11 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 3 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1 nafar  bemor ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining  ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir, qolganlariniki o‘rtacha og‘irlikda. 

Shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli  barcha namunalar olinib, malakali shifokorlar tomonidan sifatli  tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.Dori darmon zahiralari yetarli darajada.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:

Bemorlarning 11 nafari kasalliklarini Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uyda joylashgan, 4 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida joylashgan “GRAND AZIA PLUS” MCHJga qarashli “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shahobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’mol qilganliklari bilan bog‘lashmoqda.

“GRAND AZIA PLUS” MCHJga qarashli “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shahobchasida qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazish uchun O‘zbekiston Republikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili nomiga Toshkent shahar DSENM tomonidan 2019 yil 6 iyundagi 07-11/4388-sonli ma’lumotnoma ko‘rib chiqish va xulosa olish uchun berildi.

Poytaxtda yuz bergan ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etildi. Vazirlik tomonidan yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyiga chiqib o‘rganilib, bemorlarga va mutaxassislarga o‘z vaqtida har jihatdan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda”.


Maqola muallifi

Teglar

Sog'liqni saqlash vazirligi Ovqatdan zaharlanish

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing