Toshkentda 141 ta maktab o‘quv yilini an’anaviy boshladi (ro‘yxat)
Jamiyat
−
14 Sentabr 2020
8394Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida bugun, 14 sentyabrdan boshlab 318 ta maktabdan 141 tasi o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Maktablarning ochilishi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilarning koronavirus ko‘rsatkichi hamda xalq deputatlari tuman kengashlarining tegishli qarorlari bilan amalga oshiriladi.
Maktablar ro‘yxati:
1. Bektemir tumanidagi 289-sonli maktab.
2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.
3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 49, 50, 64, 121, 208, 209, 210, 221, 223, 241-sonli maktablar hamda FFIDUM.
4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.
5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 76, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.
6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.
7. Chilonzor tumanidagi 66, 184, 200, 280-sonli maktablar.
8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 40, 41, 34a, 59, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 262, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.
9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 58, 63, 70, 80, 96, 98, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.
10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.
11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.
Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.
“Fursatdan foydalanib, ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondashishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi Toshkent shahar XTBB matbuot xizmati xabarida.
LiveBarchasi