Toshkentda 14 yoshli qiz o‘zini 9-qavatdan tashladi (video)
3-sahifa
−
19 mart
13269Kecha, 18 mart kuni Toshkent shahrida 14 yoshli qiz 9-qavatdan o‘zini tashladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida yashab kelgan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz Yashnobod tumani S.Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida 2010 yilda tug‘ilgan o‘smir yigit 9-qavatdan tushib ketgandi. Tez yordam xodimlari tomonidan bemor shifoxonaga olib borilgan. Biroq yigit vafot etgan.
LiveBarchasi