Toshkentda mashina 10 yoshli bolani urib yubordi
3-sahifa
−
12 fevral
2907Kecha, 11 fevral kuni Toshkent shahrida Nexia-3 rusumli avtomashina 10 yoshli bolani urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:20 da Yunusobod tumanidagi 260-sonli umumta’lim maktabi qarshisida 1993 yilda tug‘ilgan B.Z. ismli haydovchi Nexia-3 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, 2015 yilda tug‘ilgan piyoda S.S.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 23 yoshli mast haydovchi sabab 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi