Toshkentda fuqaro o‘zini 9-qavatdan tashladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro 9-qavatdan tushib ketgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, kecha, 21 iyul kuni taxminan soat 01:30 larda Yunusobod tumanining 9-mavze hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida 23 yoshli fuqaro o‘zini 9-qavatdagi derazadan pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgan. 

Oqibatda fuqaro “BMYOJ, BMCH, chap o‘mrov suyagi, o‘ng ko‘krak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2-,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan.

Bildirilishicha, hozirda bemor shifokorlar nazorati ostida. 

O‘rganish jarayonida fuqaroning ruhiyatida 2024 yilning oxiridan buyon o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlangani va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan o‘tkazilgani aniqlangan.  

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida 2 nafar voyaga yetmagan qiz ko‘p qavatli uy tomidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi. O‘tkazilgan tekshiruvda o‘z joniga qasd qilgan qizlar – 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan D.S. hamda 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.B. ekani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ichki ishlar 9-qavat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing