Toshkentda 120 ming dollarni qimorga tikib yuborganlar ushlandi
3-sahifa
−
15:47 4178 1 daqiqa
Toshkent shahrida 120 ming AQSH dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga tikib, talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Yashnobod bank filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi E.N. “A.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, “B.B.” MCHJga 120 ming AQSH dollari kredit ajratilishiga erishgan. Keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib, 120 ming AQSH dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ehson qutisini o‘marib ketgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi