Toshkentda 12 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Jamiyat

image

Bugun, 9 noyabr kuni poytaxtda qatnovchi ba’zi avtobuslarning harakati shaharda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti munosabati bilan vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi. 

Bildirilishicha, quyidagi avtobuslarning qatnov liniyalari bugun soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha o‘zgartirildi:

• 1, 19, 21, 65, 85-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati A.Temur ko‘chasidagi Foton zavodi bekatida qisqartirildi;
• 22-sonli avtobus yo‘nalishi harakati T.Shevchenko ko‘chasida qisqartirildi;
• 13, 30, 37-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Sh.Rashidov ko‘chasidagi “Ko‘rgazmalar zali”bekatida qisqartirildi;
• 51-sonli avtobus yo‘nalishi harakati A.Temur ko‘chasidan Shahrisabz, Afrosiyob, Beshyog‘och, Furqat ko‘chalari orqali o‘zgartirildi;
• 67-sonli avtobus yo‘nalishi harakati A.Temur ko‘chasidan Shahrisabz, Sh.Rustaveli ko‘chalari orqali o‘zgartirildi;
• 196-sonli avtobus yo‘nalishi harakati Mirobod ko‘chasidan Afrosiyob, Beshyog‘och, Furqat ko‘chalari orqali o‘zgartirildi.

Shuningdek, ushbu o‘zgarishlar natijasida yo‘nalishlarda qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq interval vaqtlari ortib ketishi mumkinligi bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Toshshahartransxizmat avtobus IHT qatnov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing