O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 19 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 nafarga oshib, 19 179 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlar:

106 nafari Toshkent shahrida;

52 nafari Qashqadaryo viloyatida;

35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, jami 54 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 10 203 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 872 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing