60-o‘lim. Toshkentlik bemor vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatdagi 60-o‘lim bo‘ldi. 

Olmazor tumanida yashovchi 65 yoshli M.X.da (ayol) so‘nggi ikki haftada tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, yo‘tal kuzatilib, uyida davolangan. Tana harorati tushmagach, “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan. 

Bemor Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. 

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing