Toshkentda 1 gektar yerni $1 mlnga pullayotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkentning Yangihayot tumanida bir gektarni yerni 1 million dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahar IIBBga 40 yoshli Shuhrat ariza bilan murojaat qilib, Yangixayot tumanida 1 gektar yerni sotishga va’da bergan 2 nafar shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida 2 nafar shaxs 200 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

er

Baholaganlar

169

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing