Toshkentda 1,5 yosh bola 4-qavatdan tushib ketdi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2019
6375Kecha, 15 oktyabr kuni Toshkent shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida 1,5 yoshli bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
15 oktyabr kuni soat 13:17 da 102 raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanida bir yarim yoshli Amal buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan yiqilib tushgan. Natijada bola tan shikastlari olib, shifoxonaga yetkazilgan. Afsuski, shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, bola hayotdan ko‘z yumgan.
“Hurmatli ota-onalar! Yosh bolalaringizni xonalarda yolg‘iz qoldirmang. Yuqoridagi kabi baxtsiz hodisalar yuz bermasligi uchun derazalar ortiga panjaralar yoki bolalar uchun mustahkam cheklagichlar o‘rnatishni tavsiya etamiz”, deb ogohlantiradi IIBB.
Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni ham 2 yashar bola 4-qavatdan tushib ketishi natijasida halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi