O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichi ancha oshgani aytildi

Jamiyat

image

Kecha, 16 iyun kuni 20 nafar aholi orasida, jumladan, tikuvchi, sotuvchi, haydovchi, farrosh va homilador ayolda koronavirus qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi ikki haftada birgina Toshkent shahrida aniqlangan 551 nafar holatdan 482 nafari aholi orasida qayd etilgan. Shundan 57 ta holatda yuqish manbai noma’lum bo‘lib qolayotgani kasallikni yuqtirib olish xavfi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

15 iyun sanasida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 183 nafar bemorning 29 nafari, 16 iyun kuni esa koronavirus qayd etilgan 230 nafar bemordan 20 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi ancha oshgan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa birmuncha kamaygan.

16 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida quyidagi raqamlarda aks etadi:

Toshkent shahrida 14 nafar;
Buxoro viloyatida 3 nafar;
Samarqand viloyatida 2 nafar;
Namangan viloyatida esa 1 nafarni tashkil etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi oilaning 3 nafar a’zosida (dam olish hududiga hordiq chiqarish uchun oilaviy borishgan, bir kun o‘tib, tana harorati ko‘tarilgach, tahlil topshirishgan), shu tumanda yashovchi yana uch nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. Bundan tashqari, poytaxtning Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexi ishchisida, ishga joylashish uchun namuna toshirgan shaxsda hamda tana harorati ko‘tarilgani sababli poliklinikaga murojaat qilgan fuqaroda infeksiya qayd etilgan.

“Shuningdek, Toshkent shahridagi “Malika” savdo majmuasi sotuvchisida (ishga chiqish uchun namuna topshirgan), Yunusobod tumanida yashovchi homilador ayolda (shifoxonaga yotish uchun namuna topshirgan), Sergeli tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro (tana harorati ko‘tarilgach, uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan davolangan) va uning 4 nafar oila a’zosida, respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanish uchun namuna topshirgan fuqaroda infeksiya aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Samarqand tumanida yashovchi nafaqadagi bemorda (onkologiya kasalligi sababli shifoxonaga yotish uchun namuna topshirgan), Samarqand shahridagi 24-maktab farroshi (ko‘krak bezi kasalligi bo‘yicha namuna topshirgan), Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi haydovchida ham kasallik tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

214

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing