Toshkentda huquq-tartibot xodimlari bolali ayolga kuch ishlatdimi? (video)
3-sahifa
−
10:17
6953Kecha, 12 mart kuni “NeMolchi” loyihasi asoschisi Irina Matviyenko o‘zining Instagram sahifasiga IIO xodimlari patrul mashinasida bolali ayolni olib kelgani, u mashinadan tushishni istamay qarshilik qilgani va YPX xodimi uni majburan tushirgani aks etgan videoni joyladi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 11 mart kuni taxminan soat 21:30 larda Mirobod tumani hududida 1989 yilda tug‘ilgan (muqaddam bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47, 161, 183, 1883-moddalari bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan) X.A. o‘zining uch nafar 10, 5 va 3 yoshli farzandlaridan foydalanib, ularning sog‘lom hayot kechirishi va ta’limga jalb qilinishini ta’minlamay, tilanchilik bilan shug‘ullangani aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarlikni to‘xtatish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida PPX xodimlari ushbu ayolni yaqin oradagi IIBga olib borgan. Biroq fuqaro ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga itoat etmasdan, jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 1883-moddasi (Tilanchilik qilish) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Uch nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Videotasvirda aks etgan holat yuzasidan xodimlarning harakatiga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.
LiveBarchasi