Toshkentda haydovchi yuk mashinasida erkakni bosib ketdi
3-sahifa
−
20 Oktabr 2020
15723Bugun, 20 oktyabr kuni Toshkent shahrida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada 59 yoshli fuqaro halok bo‘ldi. bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 10:00 larda Sergeli tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasi “Davr bank” binosi qarshisida sodir bo‘lgan. 1983 yilda tug‘ilgan A.A. ismli haydovchi MAN rusumli yuk transport vositasini boshqarib kelib svetaforning ta’qiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtagan.
Yashil chiroq yonishi bilan yana harakatini davom ettirayotganida 1961 yilda tug‘ilgan M.Yu. ismli piyoda qatnov qismining belgilanmagan joyidan, yuk avtomashinasining old o‘ng tomonidan kesib o‘tayotgan vaqtida MAN rusumli avtomashina haydovchisi piyodani ko‘rmay qolib bosib ketgan.
Natijada 59 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Hozirda maskur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar va videoga ko‘ra, erkak yuk mashinasi ostiga kirib ketib, taxminan 100-200 metr sudralib kelib tushib qolgan.
LiveBarchasi