Toshkentda haydovchi va yo‘lovchi psixotrop moddalar bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
04 mart
5013Toshkent shahar Olmazor tumanida haydovchi va yo‘lovchining yonida taqiqlangan moddalar borligi aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 2 mart kuni soat 03:00 larda Olmazor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori va PPX xodimi tomonidan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi M.J. va 1995 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi B.A.larning ko‘rinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Xolislar ishtirokida ikkala fuqaro tekshirilganda M.J.ning yonidan 7 dona jigar rangli, o‘tkir hidli saqichsimon moddalar topilgan. Tekshiruv davomida yo‘lovchisi B.A.ning yonidan 3 dona Zadeks nomli psixotrop dori vositasi va pul kupyurasiga o‘ralgan oq rangli o‘tkir hidli kukunsimon modda topilgan.
“Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqarolar hamda aniqlangan moddalar Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda psixotrop dorilarni sotayotgan “aptekachi” ushlangan edi.
LiveBarchasi