Toshkentda haydovchi “GAI” xodimini o‘ldirishiga bir bahya qoldi
Jamiyat
−
17 avgust 2020
8570Ijtimoiy tarmoqlarda boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodimini urib yuborganligi aks etgan video tasvir tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi vaziyatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 10 avgust kuni soat 00:46 da Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasida 46 yoshli Sh.B. Nexia rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan Lacetti va Matiz rusumli avtmobillarga borib urilgan.
YTH yuz bergan vaqtda yo‘l chetida YHXB xodimi Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli D.I. bilan suhbatlashib turgan bo‘lgan.
YTH natijasida Lacetti avtomobili yonida turgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Sh. G‘ulomnazarov, hamda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
“Qayd etilgan holat yuzasidan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga yetkazildi”, deyiladi Bosh boshqarma xabarida.
Ahrorbek Hayrullayev