Toshkentda havoning ifloslanishi me’yoridan 43 marta oshib ketdi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2023
5244Toshkent shahri havosining mayda qum-chang zarralari bilan ifloslanish darajasi me’yoridan 43 marta oshib ketdi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kavkaz hududida hafta davomida shakllangan salqin va nisbatan nam havo oqimlari Kaspiy dengizi orqali O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbiy hududlariga bugun, 11 sentyabr kuni esa boshqa hududlariga kirib keldi.
Bu esa respublikaning aksariyat hududlarida shamol tezligi 13-17 m/s gacha, janubda va cho‘l hududlarida 20 m/s kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol chang-to‘zon bilan qayd etildi, ko‘rinuvchanlik 500-2000 metrgacha yomonlashgan.
Kunning ikkinchi yarmida frontal bulutli chiziq Toshkentning g‘arbiy tumanlariga yaqinlashdi. Shu sababli soat 15:05 dan 16:00 gacha shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchaydi. Natijada shamol yerning qurigan yuzasidan chang zarralarini ko‘tardi, bu esa havoning xiralashishiga va ko‘rinuvchanlik 1400 metrgacha yomonlashishiga sabab bo‘ldi.
Buning ortidan poytaxtda atmosfera havosidagi PM 10-mayda zarrachalarining miqdori 1322 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan qiymatdan 2,4 marta ko‘p. PM 2,5 219 mkg/m3-mayda zarrachalarining miqdori BSST talablaridan 43 marta ko‘p bo‘ldi.
Toshkentda chang-g‘ubor 11 sentyabr kuni va kechasi davomida saqlanib turadi.
LiveBarchasi