Toshkentda ikkita yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida “avariya” sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni soat 01:00 larda Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 12-bekat qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan S.B. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk mashinasi, 2001 yilda tug‘ilgan D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt hamda 1957 yilda tug‘ilgan Sh.F. boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

“YTH oqibatida MAN hamda HOWO rusumli yuk mashinasi haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida ham 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing