Toshkentda homilador kelin koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari tobora yosharib bormoqda. Navbatdagi holat 35 yashar ayol bilan qayd etildi. 

Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli Z.X. (ayol) 15–20 iyul kunlari shahar 7-son tug‘ruq kompleksida “3-homiladorlik, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, 20 iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan.  
Ushbu shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing