Mirziyoyev Xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "CAMCE" korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekistonda faoliyat yuritishda katta tajriba to‘plagan kompaniya yirik loyihalarni moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning butun zanjirini qamrab oladigan yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan.

"Goldwind" Sao Chjigan bilan kompaniyaning O‘zbekistonda "yashil" energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Kompaniya shamol energetikasi texnologiyalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan bo‘lib, jahondagi yetakchi shamol turbinalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shamol elektr stansiyalari qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni jadallashtirishga kelishib olingan.

"China Southern Power Grid" bilan Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyalari, butun mamlakat bo‘ylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuchlanishli liniyalar qurish loyihalari muhokama qilingan.

O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar ishlab chiqarish bo‘yicha "Holley Group" kompaniyasi muvaffaqiyatli ishlayotgani qayd etilgan. Toshkent viloyatida texnopark qurish va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Xitoy Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing