Toshkentda daraxt bosib qolgan 1 yoshli bola halok bo‘ldi
3-sahifa
−
03 may
10238Bugun, 3 may kuni soat 11:50 atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida daraxt ag‘darilishi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 55 yoshli enaga M.Ye. tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) voqea joyidan olib ketilayotgan 2023 yilda tug‘ilgan P.A. daraxt bosib qolishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra rusumli avtomashina ustiga daraxt qulab tushgandi. O‘tgan yili esa Toshkent shahri Yangihayot tumanida Nexia-3 ustiga daraxt qulab tushishi oqibatida yo‘lovchi qiz halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi