Toshkent jinoyatchilik markaziga aylandi...mi?
Jamiyat
−
28 iyun 2020
9769Poytaxt Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etish bo‘yicha respublikada salbiy 1-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda sodir etilayotgan og‘ir jinoyatlar ichida eng ko‘pi yoshlar o‘rtasida qayd etilmoqda. Bu haqda 26 iyun kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida aytilgan.
Yig‘ilishda Toshkentdagi 514 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 369 tasida jinoyat sodir etish kamayishiga erishilgan bo‘lsa, 40 tasida oshgan. Qayd etilgan holatlardagi qotillik va og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining deyarli yarmi yoshlar tomonidan sodir etilgan. Bu esa respublikada eng yomon salbiy ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda.
Anjumanda aytilishicha, jami 79 nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan 1 tadan qotillik, nomusga tegish, tovlamachilik, 5 tadan og‘ir tan jarohati yetkazish va bosqinchilik, 36 ta o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilgan.
Shuningdek, Toshkentda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har o‘n birinchisini o‘g‘rilik, har beshinchisini esa firibgarlik kabi jinoyatlar tashkil etgan.
Joriy yilning yanvar – may oylari mobaynida Toshkent shaharida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilgan bo‘lib, respublikada bu ko‘rsatgich salbiy 1-o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, mahallalar hududida 1 245 ta sodir etilgan jinoyatlarning jami jinoyatga nisbatan salmog‘i 43 foizni tashkil etib, shu turdagi jinoyatlar ham respublikada salbiy 1-o‘rinni qayd etgan.
Jami qotillik jinoyatlarining 9 tasi yoshlar, 4 tasi xotin-qizlar, 3 tasi ilgari sudlanganlar, 8 tasi mast holda hamda 14 tasi o‘tkir tig‘li jismdan foydalanib sodir etilgan.
Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har yettinchisi o‘g‘rilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.
LiveBarchasi