Toshkent jahon boks yulduzlarini kutmoqda

Sport

image

Toshkent Butunjahon boks kengashining (WBC) yillik 61-Konvensiyasiga mezbonlik qiladi va tadbirga bir qator boks yulduzlari kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, WBC mutasaddilari tashkilot a’zoligiga qabul qilinganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan O‘zbekistonga Butunjahon boks Kengashining yillik 61-Konvensiyasi mezbonligini ishonib topshirgan.

WBC Konvensiyasi bir yilda bir marotaba o‘tkazilib, unda tashkilotga a’zo ikki yuzga yaqin davlatdan rasmiy vakillar, taniqli promouterlar, sobiq va amaldagi WBC chempionlari, umuman olganda, professional boks olamining eng mashhurlari jam bo‘ladi. 

Bu galgi tadbirga bir qator jahon boks yulduzlari kelishi kutilmoqda.

WBC 61-Konvensiyasi 12-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq norasmiy manbalarga ko‘ra tadbirga afsonaviy Mayk Tayson kelishi mumkinligi xabar qilingandi. 5 kun davom etadigan tadbir doirasida professional boksning har bir vazn toifasida sara va nomdor bokschilarning chempionlik janglari ham tashkil etiladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Butunjahon boks kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing