Toshkent yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
4528O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Hujjat loyihasida quyidagilarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan:
• Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;
• Toshkent shahri yer usti yo‘lovchilar transportining yangi yo‘nalish tarmog‘ini 2022−2025 yillarda joriy etish dasturi;
• Shahar yo‘lovchilar transporti harakat tarkibini 2022−2025 yillarda yangi zamonaviy “yashil” avtobuslarni xarid qilish yo‘li bilan yangilash dasturi;
• Transport-o‘tish bog‘lamalarini 2022−2025 yillarda tashkil etish dasturi;
• Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini2022−2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.
Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy maqsadlari etib belgilanmoqda:
• jamoat transporti ustuvorligi ta’minlangan holda transport infratuzilmasini rivojlantirish va aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish;
• yo‘l harakatini tashkil etishni takomillashtirish va yo‘l-ko‘cha tarmog‘ining samaradorligini oshirish;
• transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish;
• yuk tashuvlari harakatini tartibga solish;
• piyoda va velosiped transporti infratuzilmasini rivojlantirish;
• transport tizimining atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va shaharda ekologik holatni yaxshilash.