Toshkent yer usti metrosining ish vaqti vaqtincha qisqartiriladi
Jamiyat
−
15 avgust 2022 12317 1 daqiqa
Ertaga, 16 avgust dan boshlab Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati vaqtincha qisqartiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati xabar berdi.
“2022 yil 16 avgustdan 5 sentyabrga qadar yo‘llarni ko‘rikdan o‘tkazish va bajaralishi lozim bo‘lgan texnik ishlar sababli “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Metropoliten keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Live
Barchasi