Toshkent yomg‘irlar mavsumida nega Venetsiyaga aylanadi?

Jamiyat

image

Joriy yilning yog‘ingarchiliklar mavsumida O‘zbekistonning turli hududlarida suv tshqinlari yuz berib, shahar ko‘chalarini suv bosdi. Jumladan, poytaxt Toshkent shahri ham suv toshqinlaridan bebaxra qolmadi

Aprel-may oylaridagi ba’zi kuchli yomg‘irlar natijasida poytaxt ko‘chalarida harakatlanib bo‘lmay qoldi. Kuchli yomg‘ir Toshkentda drenaj tizimi abgor ahvolda ekanini ko‘rsatdi.

Yog‘ingarchilik mavsumida shahar ko‘chalariga nega suv toshib ketadi? Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Hayot Inog‘omov shu haqda ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi imoratlar qurilayotganda drenaj tizimi yaxshi hisobga olinmayapti.

“Yerlarni temir-beton qoplama egallayotgani sababli suv filtratsiyasi sekinlashyapti. Shuningdek, qurilishga ruxsat beruvchi tashkilotlar tomonidan drenaj-irrigatsiya sharoitlari hisobga olinmayapti. Vaholanki, turar va noturar joy bino qurayotganda drenaj tizimi ham ko‘rsatib o‘tiladi”, dedi Inog‘omov.

Hokim o‘rinbosari suv toshqiniga odamlarning ekologik madaniyati ham ta’sir ko‘rsatayotganini aytib o‘tdi.

“Yakunida drenaj tizimiga oid joy bo‘lgan ko‘chaga axlat tashlash madaniyatsizligidan tortib, daraxtlarni kesilishi ham suv toshqinlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Toshqinlar yuz bergan kunlari 50 foizdan ortiq hududlarda suv to‘planishi holatlari yelim haltalar va ichimlikdan bo‘shagan idishlarning drenaj tizimiga tiqilib qolishidan yuzaga keldi”, dedi Hayot Inog‘omov.

Hokim o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, bundan hollarning oldini olish uchun bugungacha qator choralar ko‘rilgan. Jumladan, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida 150 metrdan ortiq, Olmazor tumani Kichik halqa yo‘liga 80 metrdan ortiq, Mirzo Ulug‘bek tumani Abdujalil Matqovulov ko‘chasida 50 metrdan ortiq quvur yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent drenaj

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing