Toshkent viloyatidagi to‘rtta shahar karantinga yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 9 apreldan boshlab, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Fuqarolarning ushbu hududlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno. Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-oziq yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 545 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 30 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin Favqulodda holat

Baholaganlar

283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made