To‘y o‘tkazish bo‘yicha talablarni buzganlarga kim nima qila oladi?
Bu qiziq
−
18 avgust 2020
22951O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 15 martidan to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bundatto‘y marosimlari fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan oshmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi fuqarolarga murojaat bilan chiqib, to‘ylarni o‘tkazishda belgilangan tartibga rioya qilinishi bo‘yicha mahalla faollari va ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari doimiy nazorat olib borishini ma’lum qildi.
IIVning qayd etishicha, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, marosim o‘tkazilishidan avval profilaktika inspektori marosim o‘tkazayotgan xonadon egasini rasman ogohlantirishi lozim. Belgilangan talablarni buzgan shaxslar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarni buzish), ya’ni karantin qoidalariga rioya qilmay, koronavirus infeksiyasini tarqalishiga sababchi bo‘layotganligingiz uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki ushbu xatti-harakat og‘ir oqibatlarga, jumladan epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa, Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo‘ladi.
LiveBarchasi