Toshkent viloyatidagi 13 ta yodgorlikka zarar yetkazildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining bir necha hududida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, 13 ta yodgorlikka 342 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tekshirishda bir qator noyob arxeologiya yodgorliklariga jiddiy ziyon yetkazilgani aniqlangan.

Xususan:

  • Oqqo‘rg‘on tumanida “Zokirtepa” (V – VII asrlar) yodgorligining 1400 metr kub qismi terak ekish uchun qazilishi natijasida 44,6 mlrd so‘m;
  • “Sanchtepa” yodgorligining 129 metr kub qismi yo‘l ochish uchun tekislanib 2,2 mlrd so‘m;
  • Parkent tumanida “Qoravultepa” yodgorligining 941 metr kub qismi va “Yertepa” yodgorligining 23 metr kub qismi buzilib, jami 16,4 mlrd so‘m;
  • Piskent tumanida “Mingtepa” (mil. avv. V asr) yodgorligining 7000 metr kub qismi buzilib, 231 mlrd so‘m;
  • Ohangaron tumanida “Dumgalaktepa” (V - VI asrlar) yodgorligining 658 metr kub qismi texnika yordamida qazilib 21 mlrd so‘m;
  • Yuqorichirchiq tumanida “Xojakaytepa” (V - VII asrlar) yodgorligining 43 metr kub qismi tekislanib 1,3 mlrd so‘m;
  • O‘rtachirchiq tumanida “Tuyabo‘g‘iztepa” yodgorligining 54 metr kub qismi buzilib, 1,7 mlrd so‘m;
  • Nurafshon shahrida “Chordaratepa” (III - VIII asrlar) yodgorligining 38 metr kub qismi buzilib, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Jami 13 ta yodgorlikka 342 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, ayni damda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlangani hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz ta’mirlangani oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati yodgorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing