Toshkent viloyatida jamoat transporti uchun yo‘lkira narxi o‘zgardi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati shaharlarida jamoat transporti uchun to‘lov narxi o‘zgaradi. Kecha, 31 may kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning shu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, vaqtga bog‘langan soatlik, kunlik, oylik va yillik limitsiz tariflar, naqd to‘lovni elektron to‘lovga nisbatan 30 foizga yuqori etib belgilash ma’lum qilingan.

Jumladan, bir nafar yo‘lovchi uchun qatnov bank va transport kartalari orqali amalga oshirilganda 1700 so‘m, naqd to‘lovda 2500 so‘m etib belgilangan. Bir nafar yo‘lovchining bagajini tashish xarajatlari ham 2500 so‘mni tashkil etadi.

Qarorga ilova qilingan jadvalga ko‘ra, bir yo‘lovchi uchun olti oylik to‘lov 900 ming so‘m, bir yilligi esa 1 mln 826 ming etib belgilangan. Talaba, o‘quvchi, pensioner va nogironlar uchun olti oylik to‘lov 450 ming so‘m, yillik to‘lov esa 913 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, tarif rejasiga ko‘ra, bir soat ichida bir nechta avtobusga chiqadigan yo‘lovchi transport kartalari orqali to‘lov qilganida birinchi avtobusda 1,700 so‘m, ikkinchi avtobusda 700 so‘m to‘laydi, uchinchi va keyingi avtobuslar esa tekin bo‘ladi.

Qaror e’lon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 15 maydan boshlab barcha transport karta sotish shoxobchalari faoliyati to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jamoat transporti yo'lkira narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing