Toshkent viloyatida yuk poyezdi odam urib yubordi
Jamiyat
−
05 mart 2019
6959Toshkent viloyati Qibray tumanida bir odam yuk poyezdi urib ketishi natijasida qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 4 mart kuni Qibray tumanidan o‘tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 16-km.da yuk poyezdi “Qibray” QFY Birlik ko‘chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan.
Natijada M.M. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
“Hurmatli fuqarolar! Temir yo‘lni kesib o‘tayotganda hushyorlikni oshirib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi