Toshkent viloyatida sher bolasi 3 yoshli qizchaga hamla qildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi xonadonda sher bolasi noqonuniy boqilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda sher bolasi ushbu hududda yashovchi 3 yoshli qizchani tishlab olgani va u shifoxonada yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 aprel kuni tumanning “Bahor” mahallasi Navro‘z ko‘chasidagi uylarning birida noqonuniy boqilayotgan sher kechki 17:30 larda onasi va homilador yangasi bilan do‘konga sut olish uchun chiqqan bolaga hujum qilgan. To‘satdan bolaning orqa tomonidan kelib tashlangan yirtqich qizchaning bosh va yelka qismini tishlashni boshlagan. Ona bolasini sher og‘zidan qutqarib qolgan. 

Voqea kechki payt sherning egalari uydan tashqariga aylantirish uchun olib chiqqan paytda yuz bergan.

Qayd etilishicha, hozirda bola Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani 2-son bolalar jarrohlik klinikasida davolanmoqda. Qizchada jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, sher egalari qizchaning oilasiga bosim qilgani aytilmoqda.

Hozirda Ekologiya qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, sher bolasi olib ketilgan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sher

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing