Toshkent viloyatida poraxo‘r sudyaga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
08 fevral 2022
11311Kecha, 7 fevral kuni pora olishda ayblangan Toshkent viloyati sudyasi pora olishda ayblanib, jinoyat ishi figurantiga aylandi.
Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmatining ma’lum qilishcha, Bosh prokurorning Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi sudyasi T. O.ni Jinoyat kodeksining 210-modda (pora olish) 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi kengashning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan.
Yakunda Kengash xulosasi bilan T.O.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan.
Ammo tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.