Toshkent viloyatida pora bilan qo‘lga tushgan “zamxokim” kimligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi tumanlardan birida hokim o‘rinbosari tadbirkorga yer olib berish uchun pora olayotganda qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik. “O‘zbekiston 24” telekanalida aytilgan ushbu xabarda gap qaysi tuman hokimining o‘rinbosari haqida ketayotgani aytilmagandi.

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, Qibray tumani hokimining o‘rinbosari Jamshid Masharipov tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga 10 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming dollarga sotishi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, undan 25 ming dollar olayotgan qo‘lga tushgan.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qibray tumani

Baholaganlar

1308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing