Toshkent viloyatida oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi
3-sahifa
−
27 iyul
43087Toshkent viloyatida bir oilaning barcha a’zolari o‘ldirilib, uyiga o‘t qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 26 iyul kuni soat 06:19 larda Yangiyo‘l tumani Nurafshon ko‘chasida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan Yangiyo‘l tumani FVB Yong‘in qutqaruv qismi o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga yetib borgan va kelib chiqqan yong‘in bartaraf etilgan.
Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida 1991 yilda tug‘ilgan erkak, 1999 yilda tug‘ilgan ayol, 2021 va 2022 yilda tug‘ilgan bolalar, 2018 yilda tug‘ilgan qizning murdalari turli tan jarohatlari bilan topilgan. Ma’lum qilinishicha, vafot etganlar er-xotin va ularning 2 nafar farzandi, 1 nafar qiz jiyani bo‘lgan.
“Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deydi Hayot Shamsuddinov.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Sirdaryoda bir ayol hamda voyaga yetmagan bola va qizning jasadi uyidagi yong‘indang so‘ng, qotillik alomatlari bilan topilgandi.
LiveBarchasi