Toshkent viloyatida Nexia 1 portlab ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Nexia 1 mashinasining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Bugun, 9 iyun kuni soat 09:55 da Parkent tumani “Qayilma” mahallasi A.Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining birida Nexia 1 avtomashinasiga gaz quyish vaqtida unga o‘rnatilgan gaz ballonda yorilish hodisasi ro‘y bergan.

Oqibatda Nexia 1 avtomobili va uning yaqinida bo‘lgan 2 ta Damas mashinalariga turli darajada zarar yetgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli tashkilot vakillari yetib borgan. 

Vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahri Yangi asr ko‘chasida gazli suv uchun mo‘ljallangan qurilmada portlash sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati portlash Nexia 1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made