Toshkent viloyatida mebel sexi yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 oktyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida mebel ishlab chiqarish sexi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, soat 15:08 da Zangiota tumanida “Chig‘atoy Oqtepa” MFY Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining taxminan 170 kvadrat metr maydonda tomi, shifti hamda ichki jixozlari yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing