Toshkent viloyatida MCHJ rahbari hosildor yerni egallab olgani aniqlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida MCHJ rahbari g‘alla va sholichilik uchun ajratilgan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Bekobod tumanda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” MCHJ rahbari L.A. “A.I.” MCHJga g‘alla va sholichilik uchun ajratilgan 0,76 gektar sug‘oriladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, ushbu yer maydonida noqonuniy baliq hovuzi tashkil qilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 273,2 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

er Bekobod

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing