Toshkent viloyatida massaj saloni niqobi ostidagi fohishaxona fosh qilindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan Toshkent viloyatidagi “massaj saloni” aslida fohishaxona ekanligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.

O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida “Gulnoza” ismli shaxs (Chirchiq shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan G.M.) Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali “massaj salon” e’loni niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga mijoz topib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

So‘ng tezkor tadbir o‘tkazilib, G.M. “fohishalikni kasb qilib olgan” 1993 yilda tug‘ilgan U.N. va 1987 yilda tug‘ilgan A.N.ga jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topib, buning evaziga 350 ming so‘m, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ikki shaxs esa mijozdan 800 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida ushlangan shaxslardan 1 mln 150 ming so‘m miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surushtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati fohishaxona

Baholaganlar

1263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing