Toshkent viloyatida KamAZ oraliq masofani saqlamagani sababli 4 ta avtomobil to‘qnashdi (video)
3-sahifa
−
26 iyun
7198Toshkent viloyatida yuk mashinasi oraliq masofani saqlamagani oqibatida 4 ta avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
Hodisa joriy yilning 22 iyun kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan 4R15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan R.N KamAZ rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, 1 ta Spark va 1 ta Lacetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
“Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda BYD, Spark va L9 ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi