Toshkent viloyatida ikki nafar tuman hokimi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Kecha, 2 avgust kuni Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev  hamda Zangiota tumani hokimi Abduvahob Tamiqayev birvarakayiga ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev esa ularni o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etib, bu haqdagi qarorlarni bugun, 3 avgust kuni xalq deputatlari tuman kengashlariga yuborgan.

Ma’lumot uchun, Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev 2020 yildan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgan edi.  U bungacha Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Abduvahob Ulashbayevich Tamiqayev esa Zangiota tumanida hokim bo‘lib 2017 yildan boshlab, ya’ni naq 6 yil ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatiga safar doirasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi uch yilda sanoat mahsulotlari Bekobod tumanida 3,6 foizga, shu davrda Zangiotaning viloyat sanoatidagi ulushi 8,3 foizdan 3,5 foizga kamayganini tanqid qilgan edi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Zoyir Mirzaev Toshkent viloyati Zangiota Bekobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing