Toshkent viloyatida ikki avtobus ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 8 noyabr kuni soat 07:15 lar atrofida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, “Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu markali, davlat raqami 10 V 328 OA bo‘lgan avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan, davlat raqami 10 830 JBA bo‘lgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda to‘qnashib ketgan avtobuslarda jami 39 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 
 
Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan. Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent viloyati

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing