Toshkent viloyatida fuqaroning uyidan 45 kg narkotik topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro 45 kilogramm giyohvand modda topildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot kotibi xabar berdi.

Huquq-tartibot organi xodimlari Yangiyo‘l shahar “Qovunchi tepa” mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan A.Q.ning yashash xonadonini xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirgan. 

Natijada, ushbu fuqaro uyining omborxonasida 8 qop va 2 karton qutida vazni taxminan 25 kg, xonadonning tom qismida 20 kg “marixuana” giyohvandlik vositasi yashirilganligi va uni zotli it yordamida qo‘riqlab kelganligi aniqlangan va xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Yangiyo‘l shahri IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand modda

Baholaganlar

398

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing