Toshkent viloyatida fuqaro mast holatda o‘z mahalladoshini pichoqlab o‘ldirdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida fuqaro mast holatda o‘z mahalladoshini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019 yil 5 iyul kuni viloyatining Nurafshon shahrida yashovchi 41 yoshli R.X. mast holda Oybek mahallasida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashagan 34 yoshli O.O.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada O.O. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Qotillik

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing